Singapur valyuta boşqarmasi qator banklar va blokçeynkompaniyalar bilan hamkorlikda Singapur dollarini tokenlaştiriş yoki uni Ethereum blokçeyniga ötkaziş tajribasining ilk bosqiçini boşladi. Bu haqda CoinJournal naşri xabar bermoqda. Ubin deb nomlangan loyiha, taşkilot hisobotiga köra, blokçeyn texnologiyasi imkoniyatlarini aniqlaş maqsadida ötkazilgan. Taxminlarga köra, Markaziy bank tomonidan muomalaga çiqariladigan raqamli tokenlar zamonaviy tölov tizimlariga qarşi samarali va oddiy muqobil bölişi mumkin.
Valyuta boşqarmasiga köra, loyihaga MQ-mijozlari yoki Singapur banklararo elektron tölov tizimi MEPS (MAS Electronic Payment System), Ethereum platformasi bazasidagi Quorum blokçeyni orqali ötuvçi bank protsesslari, kliring tuzilmalari kabi mavjud tizimlar integratsiyalaşadi. Natijada sezilarli ustunliklar aniqlangan.
«Tokenlaştiriş tölovlarni amalga oşirişda vaqtni tejaydi va boşqa moliyaviy xizmatlar smaradorligini oşiradi. Bundan taşqari, uçinçi tomon iştiroki kamaytirilgani sababli ayrim holatlarda garov talablarini kamaytiriş mumkin böladi», — deyiladi hisobotda.
Ubin loyihasi 2016 yil noyabr oyida R3 kompaniyasi, bir neçta xalqaro banklar konsorsiumi, xususan, Bank of America, Merrill Lynch, Credit Suisse va JP Morgan banklari hamkorligida tatbiq etila boşlandi. Mazkur tajribada Singapur fond birjasi ham qatnaşmoqda.












