Tailand politsiyasi harbiylar bilan birga Kamboja çegarasi yaqinida ijaraga olingan uyda WeChat ijtimoiy tarmoğidagi akkauntlarni aylantiruvçi fermani aniqladi. Motherboard şu haqdagi xabar bilan bölişdi.
Ferma egalari Van Dong, Niu Bang va Ni Ventszin ruxsatsiz faoliyat yuritiş va SIM-kartalar kontrabandasida ayblanib, qölga olindi. Ular tomonidan ijaraga olingan uyda huquq-tartibot organlari xodimlari 474 ta iPhone 5S, 5C va 4S, Tailand operatorlarining 347 200 ta foydalanilmagan SIM-kartasi, şuningdek 9 ta kompyuter va boşqa qurilmalarni aniqlaşdi va tortib olişdi. Bu texnikalarning barçasini oddiy xona ventilyatori sovutib turgan bölgan.

Dastlab politsiya xodimlari qurilmalardan soxta ma'lumotlar markazini yaratişda foydalanilganini taxmin qilişdi. Biroq ma'lum bölişiça, ular Xitoyning eng yirik WeChat ijtimoiy tarmoğida botlar tarmoğini boşqarişgan.
Politsiyaçilarning ma'lumotlariga köra, qandaydir xitoy kompaniyasi qonunbuzarlarni telefonlar bilan ta'minlagan va har oyda ularga 150 ming bat (250 ming rubl) tölagan. Jamoa WeChat orqali sotiluvçi onlayn-tovarlar reytingini kötariş uçun mas'ul bölgan.














