JCh-2018 saralashi, KONKAKAF. 6-turdan keyin Kosta-Rika ikkinchi, AQSh uchinchi o‘rinda
2018 yilgi Jahon chempionati uchun Shimoliy Amerika mintaqasida 5-bosqich, 6-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
Panamadagi «Rommel Fernandes» stadionida Panama va Honduras terma jamoalari o‘rtasida kechgan bahs 2:2 hisobida yakunlandi. Honduras safida gollarga Romel Kioto (6-daqiqa) va Albert Elis (65), Panama safida esa Blas Peres (41) va Roman Torres (90) mualliflik qilishdi.
6-tur doirasidagi yana bir uchrashuvda Kosta-Rika Trinidad va Tobago ustidan g‘alaba qozondi — 2:1. G‘oliblarning gollari Fransisko Kalvo (1) va Brayan Ruis (44) nomiga yozildi, bu gollarga Kevin Molino (35) javob qaytardi.
12 iyun kuni AQSh safarda Meksika bilan o‘ynab, 1:1 hisobidagi durangga erishgandi.
6-turdan keyin guruhda Meksika 14 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, ikkinchi o‘rinda Kosta-Rika joylashgan (11 ochko). Birinchi va ikkinchi o‘rinlar mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma taqdim etadi. Guruhda uchinchi o‘rinda 8 ochko bilan AQSh bormoqda. Agar bu terma jamoa yakunda ham uchinchi o‘rinda qolsa, Osiyo mintaqasi vakili bilan pley-off o‘yinlarida kuch sinashadi.
JCh-2018 saralash bosqichi
Shimoliy Amerika, 6-tur
Kosta-Rika - Trinidad va Tobago
Gollar: 1:0 - Kalvo (1), 1:1 - Molino (35), 2:1 - Ruis (44)
Panama - Honduras 2:2
Gollar: 0:1 - Kioto (6), 1:1 - Peres (41), 1:2 - Elis (65), 2:2 - Torres (90)
Mavzuga oid
07:25 / 13.09.2023
O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston KONKAKAF chempioni Meksika bilan jangovar durang qayd etdi
09:19 / 17.07.2023
Meksika – KONKAKAF oltin kubogi sohibi
09:52 / 08.07.2019
Meksika KONKAKAF «Oltin Kubogi»ni qo‘lga kiritdi
16:33 / 05.04.2018