AQŞda Şimoliy Amerika va Karib havzasi mamlakatlarining eng nufuzli turniri – KONKAKAF «Oltin Kubogi» nihoyasiga yetdi.
Finalda mezbonlar va Meksika milliy jamoasi bellaşdi. 73-daqiqada Dos Santos tomonidan urilgan yagona gol meksikaliklarga ğalaba keltirdi.
Meksika öz tarixida 11-marta musobaqa ğolibi böldi. Meksiskaliklar sönggi 6ta turnirdan 4tasida ğolib çiqişgan. AQŞ hisobida esa jami 6ta sovrin bor.
KONKAKAF «Oltin Kubogi»
Final
Meksika – AQŞ 1:0 (0:0, 1:0)
8 iyul, «Soljyer Fild» stadioni
Gol: 1:0 – 73 Dos Santos.
Meksika – Oçoa, Moreno, Salsedo, Rodriges, Alvares, Guardado (Reyyes, 89), Galyardo, Pisarro (Rodriges, 81), Dos Santos, Antuna (Alvarado, 86), Ximenes.
AQŞ – Steffen, Kennon, Myazga, Long, Rim (Lovits, 83), Makkenni, Pulişiç, Bredli, Arriola, Altidor (Zardes, 64), Morris (Roldan, 61).


















