Rossiya prezidenti Vladimir Putin farzandlari siyosatga aralaşmasligi va Moskvada oddiy hayot keçirişlari haqida aytib berdi.
"Mening farzandlarim, qizlarim, barça miş-mişlarga qaramay, şu yerda, Rossiyada, Moskvada yaşaydi. Nabiralarim ham bor. Ular ham oddiy hayot keçirişadi. Qizlarim ilm-fan, ta'lim bilan şuğullanadi. Heç qanday siyosatga aralaşişmaydi, oddiy hayot keçirişadi", - deya ta'kidlab ötdi Putin töğridan-töğri muloqot davomida.
"Nabiralarga keladigan bölsak, biri bolalar boğçasiga ham boradi", - deya qayd etib ötdi u nabiralari haqidagi savolga javob berarkan.
"Bilasizmi gap nimada, men, ular qandaydir “şahzodalar” bölib voyaga yetişlarini istamayman, men, ular oddiy kişilar bölib ösişlarini xohlayman. Buning uçun ularga bolalar jamoasidagi oddiy muloqot talab etiladi", - deya qöşimça qilib ötdi Putin.
Uning sözlariga köra, nabiralari ismini aytadigan bölsa, ularni “tinç qöyişmaydi”.












