Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq Toşkent şahrida 70 ta şahar içki işlar bölimlari taşkil etilişi belgilangan. Bu haqda Özbekiston IIV matbuot xizmati xabar bergan.
Özbekiston Içki işlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov poytaxtning Mirzo Uluğbek tumanidagi 8-sonli şahar içki işlar bölimining oçiliş marosimida qatnaşdi.
Bu yerda bölim boşliği, navbatçilik qismi xodimlari, profilaktika inspektorlari, voyaga yetmaganlar va yoşlar örtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi inspektorlari, suriştiruvçi, jinoyat qidiruv tezkor vakillari, pasport inspektori faoliyat körsatişi közda tutilgan.
Vazir xodimlarga yaratilgan şaroitlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilganligi, fuqarolar uçun qulayliklar bilan tanişdi. Tuman faollari, jamoatçilik vakillari bilan uçraşdi.
Şuningdek, vazir mazkur tumanning 5-sonli hamda Olmazor tumanidagi 13 va 14-sonli şahar içki işlar bölimlariga taşrif buyurgan.












