Amazon onlayn-riteyleri asoschisi va rahbari Jyeff Bezos o‘zining Twitter'dagi folloverlaridan xayriya loyihalari bilan yordam berishni so‘radi. Ishbilarmonning so‘zlariga ko‘ra, uni qisqa muddatlarda hal qilish zarur bo‘lgan muammolar qiziqtiradi.

"Men hozirda aksariyat vaqtimni sarflaydigan ishimga, ya'ni uzoq istiqbolli ishga qarama-qarshi bo‘lgan xayriya strategiyasi to‘g‘risida o‘ylayapman. Men uzoq muddatli istiqbolli ishlarni yaxshi ko‘raman - bu katta dastak. Blue Origin, Amazon, Washington Post — bularning bari turli yo‘llar orqali jamiyat rivoji va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shish. Biroq men xayriya faoliyatim bu yerdagi odamlarga hozir - qisqa muddatli rejada - favqulodda muhtojlik va davomli ta'sir chorrahasida yordam berishdan iborat bo‘lishi kerakligiga qaror qildim".

Jyeff Bezos, Amazon asoschisi va rahbari

Bezos o‘z folloverlaridan g‘oyalar taklif qilish hamda bunday yondashuvni noto‘g‘ri deb hisoblaganlar bo‘lsa, o‘z fikri bilan bo‘lishishni so‘ragan. Ishbilarmon o‘ziga yoqqan g‘oyalarga qanday summani sarflashga tayyor ekanligiga aniqlik kiritmadi.

Twitter'da Bezosning 230 ming atrofida folloveri bor. Uning bu mazmundagi posti ostida 15 ming izoh qoldirilgan. Foydalanuvchilar bepul ta'lim va tibbiyot rivojiga mablag‘ kiritish, pullarni boshpanasiz va ishsiz qolganlarga yordam berishga, shuningdek ekologik muammolarni bartaraf qilishga yo‘naltirishni taklif qilishdi.

"Siz shartsiz bazaviy daromadli tajribani ishga tushirinigiz kerak, uning doirasida har oyda minglab tasodifiy odamlarga 1000 dollardan to‘lab borasiz"

"Shifoxonalarga sarmoya kiriting, ular jinsiy zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan ayollar va bolalar uchun alohida bo‘lim ochishsin"

"Boshpanasizlarning dengiz konteynerlarini mikrouylarga aylantiring. Ularga uxlash uchun xavfsiz, quruq joy taklif qilib, shundan keyin boshqa ehtiyojlari bilan shug‘ullaning".

"O‘rmonlarda daraxtlarning kesilishini to‘xtatish uchun ularni ularni sotib oling. O‘rmonlar - karbonat angidridga ega bo‘lish bo‘yicha eng yaxshi texnologiya"

"Biz sizga 62 sabab beramiz - bu har daqiqada davolanishga muhtoj bolalar sonidir. Xayriya mablag‘larisiz buning imkoni yo‘q"

"Afrikani obod qiling. Urush va emigratsiya qurg‘oqchilikka olib keldi. Cho‘llarni dalalarga aylantiring. Bu Marsni o‘zlashtirishdan ko‘ra osonroq va yaxshiroqdir"