15 iyun kuni bölib ötgan navbatdagi videoselektor yiğilişida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev farzandlar kelajagi, ularning tarbiyasi va bunga loqayd munosabatda böliş nimalarga olib kelişi haqida söz yuritdi.

“Bola ota-ona qölida bir omonatdir”, deydi buyuk allomalarimiz. Bolalarimiz, ularning taqdiri, kelajagi haqiqatan ham juda omonat ekanini bugungi hayot har tomonlama isbotlamoqda, - deydi davlat rahbari. - Agar farzandimizga töğri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada uning yuriş-turişi, kayfiyatidan ogoh bölib turmasak, ularni ilmu hunarga örgatmasak, munosib iş topib bermasak, bu omonatni boy berib qöyişimiz heç gap emas. 

Biz, köpinça bolam maktabda, öqişda yoki çet elda işlayapti, deb xotirjam yuribmiz. Lekin bizning bunday soddaligimiz, beparvoligimizdan duşmanlar makkorlik bilan foydalanmoqda. Bizning jonu jahonimiz bölgan farzandimiz duşmanlar qölida qurolga aylanib qolsa, buning uçun avvalo kim aybdor? Özimiz emasmi?

Şuning uçun maktab, litsey va kollejlardagi, oliy öquv yurtlaridagi ta'lim-tarbiya, birinçi navbatda, davomat masalasiga nihoyatda jiddiy e'tibor berişimiz şart". 

Şu örinda biror öquvçi yoki talaba uzrsiz öqişga kelmay qöysa, ta'lim maskani ham, oila ham, mahalla, hokimiyat idoralari ham bu töğrida bong urişi, sergak tortişi, buni favqulodda bir hol deb baholaşi kerakligiga e'tibor qaratildi.

Ana şunday nazorat tizimi samarali va özaro boğliqlikda işlaydigan bölsa, albatta biz vaziyatni qölga olib, uni ijobiy tomonga özgartira olişimiz ta'kidlandi.

Şuning uçun ham tumanlarda hokimlar hamda içki işlar bölimi boşliqlarining yoşlar bilan işlaş böyiça örinbosari lavozimlari taşkil etilgani alohida qayd etildi.

"Keyingi yillarda xalqimiz örtasida keng tarqalgan “Öz uyingni özing asra!” degan da'vatga bugun “Öz bolangni özing asra!” deb qöşimça kiritiş vaqti keldi, deb öylayman. 

Adaşgan yoşlarni tarbiyalaşimiz, kerak bölsa, jazoni ötaş joylariga ham borib, ular bilan gaplaşişimiz lozim. Çin dildan tavba qilib, ota-onasi, oilasi bağriga, töğri yölga qaytişni niyat qilgan odamlarga amaliy yordam berişga men davlat rahbari sifatida doimo tayyorman.

“Nuroniy”, “Mahalla” jamğarmalari, Xotin-qizlar qömitasi, “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati, içki işlar idoralari va boşqa tegişli taşkilotlar bu masala böyiça bevosita javobgar bölib, iş samaradorligini tubdan oşirişlari, mutlaqo yangi tizimga ötişlari zarur", - deya ta'kidladi Prezident.