Jasur bilan Umid bir mahallada yaşaşadi. Mahalladagilar köpinça şu yerdagi çoyxonaga yiğilib, ovqatlanişadi, suhbat qurişadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Öşa kuni ham çoyxonaga mahalladoşlar yiğilgan edi. Keçqurun çoyxonaga Jasur ham kirib keldi. U hamma bilan salomlaşib, Umid va Erkinning yoniga ötirdi. Içkiliksiz tomoğidan ovqat ötmaydigandek, Jasur dökonga borib, aroq olib keldi. Şişalar böşagaç, ular ança mast bölib qoldi. Çoyxonaga yiğilganlar ovqatlanib bölib, uylariga tarqalişdi. Erkin ham uyiga ketdi.

Jasur bilan Umidning esa ketgisi yöq edi. Çoyxonada ulardan boşqa heç kim qolmadi. Şirakayf yigitlar yana bir şişa aroqni böşatişdi. Ikkovining ham oğzidan bodi kirib, şodi çiqa boşladi. Hozirgina apoq-çapoq bölib ötirgan ulfatlarning fe'li aynidi. Es-huş çegarasidan butkul yiroqlaşgan yigitlar arzimas narsaga tortişib, bir-birini söka ketdi. Şu payt Jasur stol ustida turgan çoynakni olib Umidning boşiga zarb bilan urdi. Çinni çoynak parçalanib ketdi. Boşi yorilgan Umidning Jasurga javob qaytarişga holi qolmadi. U bir amallab uyiga ketdi. Jasur ham ketişga otlanar ekan, içidagi şayton “gij-gij”ladimi, çoyxona eşigining oynasini bir urib sindirdi.

Keçqurun çiqib ketib, yarim tunda peşonasi qon bölib kirib kelgan Umidni xotini xavotirlanib kutib oldi.

- Nima böldi?

- Jasur urdi, - dedi Umid ğöldirab.

- Qaysi Jasur? Nimaga uradi?! – söradi Guljahon jiğibiyron bölib.

- Yigitçilikda bölib turadi...

Umid şu bilan joyiga yotib, uxlab qoldi. Xotini uning yuzlarini artib, peşonasidagi jarohatga dori surtib qöydi. Oradan yarim soat ötib, Umid alahsiray boşladi.

- Mazangiz bölmayotgan bölsa, şifoxonaga olib boraymi? – dedi taşvişlangan Guljahon.

- Yarim keçasi bolalarni taşlab qayerga boramiz, - Umid şunday deb, yana uxlab qoldi.

Tong otdi. Umid yana jarohat azobidan ingray boşladi. Uning boşini qaytadan közdan keçirayotgan Guljahon çinni parçalarini topdi. Tezda borib qaynonasiga aytdi. Ayol öğlini kim bu köyga solganligini biliş uçun çoyxonaga yöl oldi. Bu paytda Umidning nafas olişi sekinlaşa boşladi. Guljahon hamşira bölib işlovçi qöşnisi Dilorom opani çaqirib keldi. Hamşira Umidni körib, behuş bölib qolganligini, tezda şifoxonaga olib boriş kerakligini aytgaç, “Tez yordam”ga qönğiroq qilişdi.