15 iyun kuni bölib ötgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlaş, muqaddas dinimizning sofligini asraş – davr talabi" mavzusidagi videoselektor yiğilişida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ma'naviy meros masalasiga alohida töxtalib ötdi. 

"Keyingi vaqtda men joylarda bölib, hududlarimiz hayoti bilan yanada yaqindan tanişar ekanman, şunday bir fikrga işonç hosil qilyapmanki, biz hali yurtimizni, uning öziga xos tarixi, madaniyati, uluğ olimu ulamolarini, bebaho ma'naviy merosimizni töliq örganganimiz yöq. 

Misol uçun, Qaşqadaryo zaminida buyuk alloma, moturidiya ta'limotining yirik vakili Abu Muin Nasafiy bobomiz yaşab ötganlar. U kişi uzoq muddat Buxoro va Samarqandda tahsil olib, kalom ilmi, ya'ni islomiy e'tiqod pokligi masalasida 15 ga yaqin kitob yozganlar. Ana şu kitoblarida, bundan ming yil oldin din masalasida adaşganlarga töğri yöl körsatganlar, dedi Şavkat Mirziyoyev. - Biz saylovoldi uçraşuvlarida va'da qilgan edik. Hammangiz “oynai jahon” orqali kördingiz, buyuk hadisşunos alloma Iso Termiziy bobomizning Surxondaryo viloyati Şerobod tumanidagi mangu oromgohlarini har tomonlama obod qilib, u yerda alohida ilmiy markaz barpo etdik. 

Xudo xohlasa, Nasafiy bobomiz ziyoratgohida ham ana şunday muazzam majmua barpo etamiz, bu uluğ zotning kitoblarini tarjima qilib, naşrdan çiqaramiz.

Mana şunday savobli işlarni Buxoroda Bahouddin Naqşband hazratlarining qadamjolari böyiça, Toşkentda Imom Termiziy nomidagi masjid va Suzuk ota maqbarasi böyiça boşlab yuborganimizdan sizlar albatta xabardorsiz, deb öylayman".

Şu bilan birga, davlat rahbari tarixiy-diniy merosimizni örganiş, tiklaş işlari hamma joyda ham talab darajasida emasligiga diqqatni qaratdi.

"Yaqinda Buxoro viloyatida safarda bölganimizda, maşhur Mir Arab madrasasini körib, töğrisi, ança xijolat böldim. Neça zamonlardan buyon xalqimizga, dinimizga xizmat qilib kelayotgan, nafaqat yurtimiz, balki musulmon dunyosida şuhrat qozongan qançadan-qança ulamolarni kamolga yetkazgan bu muqaddas dargoh açinarli holga tuşib qolgani albatta afsuslidir. 

Bugungi kunda mazkur diniy öquv maskanining nufuzi va maqomini oşiriş, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, bu yerdagi qadimiy binolarni tubdan ta'mirlaş, yon-atrofdagi hududni obodonlaştiriş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Ana şunday ezgu işlarimiz qatorida biz hozir yana bir yirik loyihani amalga oşiriş ustida iş olib boryapmiz.

Ma'lumki, bizning mintaqamiz, avvalambor, bugungi Özbekiston zamini islom ilm-fani va madaniyatining qadimiy beşiklaridan biri hisoblanadi.