Kuçli fuqarolik jamiyatini barpo etişda jamoatçilik nazoratini tizimli yölga qöyiş eng maqbul yöldir. Bu – jahon tajribasida sinovdan ötgan yöl. Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15 iyundagi yiğilişda şunday fikr bildirdi.

"Davlat qaçon öz vazifasini muvaffaqiyatli ado etadi? Qaçonki davlat idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatçilik nazorati örnatilgan bölsa. 

Afsuski, hozirgi kunda jamoatçilik nazoratining ta'siri amalda sezilmayapti. Odamlar orasida haligaça boqimandalik kayfiyati hukm surmoqda. Davlat bor-ku, boqsin-da, degan kayfiyatlardan, afsuski, töliq qutula olmayapmiz.

Jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş böyiça Prezidentning davlat maslahatçisi rahbarligidagi Respublika işçi guruhi keyingi paytda qariyb barça hududlarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni örganiş va aniqlangan muammolarni bartaraf etiş uçun jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş yuzasidan tegişli çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda. Lekin şuning özi yetarli emas. Barçamiz bir yoqadan boş çiqarib, ana şu muammolarni birgalikda yeçmasak, çetdan kelib heç kim ularni hal qilib bermaydi", - dedi davlat rahbari.

Şuningdek hozirgi paytda biror-bir taşkilotga bitta qöşimça ştat beriş qançalik qiyinligi, ammo jamiyatimiz, xalqimizning tinçligi va osoyiştaligini öylab, içki işlar tizimi, “Mahalla” va “Nuroniy” jamğarmalariga, “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatiga, Xotin-qizlar qömitasiga qöşimça ştatlar berilgani, ularning iş şaroitini yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşirilgani qayd etildi. 

"Endi ulardan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning natijasi böyiça, jumladan, adaşganlarni töğri yölga soliş böyiça amaliy işlarni kutişga haqlimiz", - dedi Ş.Mirziyoyev.