Turkiyada sud 2016 yilning iyulidagi harbiy töntarişga urinişda iştirok etganlikda gumonlangan 23 harbiyni umrbod ozodlikdan mahrum etiş haqida hukm çiqardi. Bu haqda Anadolu suddagi manbaga asosan xabar bergan.
Manba sözlariga köra, sud 18 kişini umrbod ozodlikdan mahrum etgan va 12 yillik qamoqqa hukm qilgan bölsa, yana beş nafar harbiy – umrbod ozodlikdan mahrum etildi va 10 yillik qamoqqa mahkum etildi.
Ta'kidlanişiça, bu Anaqarada harbiy töntarişga uriniş işi yakunlari böyiça ilk sud qaroridir. Işlarni körib çiqiş 22 may kuni boşlangan.
Eslatib ötamiz, Turkiya hukumati harbiy töntarişga urinişni muxolifatçi Fathulloh Gulen va uning FETO taşkiloti tarafdorlari taşkillaştirgan, deb iddao qilmoqda.
Ayblanuvçilar orasida esa – Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning sobiq harbiy maslahatçisi Ali Yoziçi ham bor.












