Buxoro IIBning xabar berişiça, ğijduvonlik D.Aktamova tadbirkorlik ortidan peşona teri evaziga yiğib qöygan pullarini arzon narxda AQŞ dollariga almaştirib beradigan “hojatbaror”ni qidiraverib, oxir-oqibat Ğ.Ergaşevga uçrab qoladi.
Firibgarlikni özi uçun kasb qilib olgan Ğ.Ergaşev uning işonçiga kirib jami 108.540.000 söm miqdoridagi pullarini AQŞ dollariga almaştirib berişni va'da qilib qölga kiritadida, jabrdiyda ayolning pullarini qaytarib bermasdan özining ehtiyojlari uçun sarflab yuboradi.
Katta miqdordagi pullaridan bir lahzada ayrilgan ayol boşqa çora topolmay içki işlar idoralariga ariza bilan murojaat qilganidan söng, Ğ.Ergaşevga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.











