Rossiyaning köplab şaharlarida hukumatda korrupsiyaga qarşi kuraşişga yönaltirilgan namoyişlar bölib ötdi. Bu vaziyatni noyob deb bölmaydi, çunki bugungi kunda siyosatçilar korruptsion mojarolarga aralaşmagan mamlakatni topiş qiyin, deyiladi "Lenta.ru" naşrida berilgan maqolada. 

Germaniya ham bundan istisno emas. 2012 yilda GFR prezidenti Kristian Vulf xizmat lavozimini suiite'mol qilganlikda ayblanib, iste'foga çiqişga majbur bölgan. Uning öz karerasini bunday ayançli holda tugallaşiga sabab bölgan voqea bir qaraganda kimlargadir kulgili tuyulişi mumkin - Vulf uy sotib oliş uçun imtiyozli kredit olgan bölib, tanişlaridan biriga uning hisobiga kredit uçun bir neça yuz yevro tölaşga izn beradi. 

Biroq nemislar uçun bu jiddiy qonunbuzarlik hisoblanadi - qonun hamma uçun bir, bunda qança miqdordagi pora haqida gap ketayotgani ahamiyatsiz. Şu bois GFRda faqatgina yuqori mansabdagi amaldorlargina jamoatçilik nazorati ostida deb bölmaydi. Germaniyaning boşqa jabhalarida korrupsiyaga qarşi kuraş qanday keçadi?

Politsiyaçiga atalgan gamburger

Foto: Arnd Wiegmann / Reuters

Bir neça yil ilgari Quyi Saksoniyada poraxörlikda ayblangan politsiyaçilar guruhi sud oldida javob berdi. Anonim xabarçi mahalliy politsiya boşqarmasiga huquq tartibotçilarining tungi smenada köpinça "Makdonalds"ga kirişlari haqida xabardor qilgan. Ma'lum bölişiça, bunday tungi soatlarda restoran xodimlari köpinça paketga bir yevro qiymatidagi tölanmagan gamburgerni qöşib solişgan. Voqealar sutkalik smenaning oxirida röy bergani uçun taomning sotilmagan qoldiqlari har qanday holatda ham taşlab yuborilar edi. Biroq qöşni Gamburgdan tergov uçun yöllangan maxsus politsiyaçilar guruhi bu bilan oqlana olmadi. 

Içki tergov "xizmat lavozimi orqasidan noqonuniy foyda oliş" faktini aniqladi

Keyinçalik barça ayblanuvçilar sud tomonidan oqlandi, biroq voqea OAVda keng tarqaldi va bunday nohaqlikning jamoatçilikda qizğin muhokamasiga sabab böldi. Germaniyaliklar bir yevro qiymatidagi gamburger işi bir neça kişidan iborat komissiya tomonidan körib çiqilişi qançalik töğri ekani borasida bahslaşişardi. 

Bu voqea GFRning har qanday darajadagi korrupsiyaga bölgan munosabatiga yaqqol dalildir. Davlat xizmatçilari uçun eng qat'iy qoidalar belgilangan, davlat xizmatçilari deganda, Germaniyada faqatgina amaldorlar nazarda tutilmaydi - davlat jamiyat bilan muloqotda kimlarni özining vakili hisoblasa, şularning bari davlat xizmatçisi hisoblanadi. Bu - politsiyaçilar, öqituvçilar, şifokorlar, oliy ta'lim muassasalari xodimlari, sudyalar va h.k.