Samarqand şahridagi Universitet xiyoboni boşida joylaşgan, sobiq ittifoq davrida barpo etilgan, ayni paytda zamonaviy talablarga javob bera olmay qolgan 9 qavatli «Inturist» mehmonxonasi buziladi. Bu haqda 16 iyun kuni Samarqand şahar hokimi V.Rahimov jurnalistlar bilan ötkazgan matbuot anjumanida aytib ötdi.
Köp yillardan beri işlatilmasdan va sotilmasdan kelayotgan hamda şaharning körkini buzib turgan mehmonxona buzilgaç, uning örnida yangi, zamonaviy loyiha asosida boşqasi qad rostlaydi.
Yangi mehmonxonaning quriliş işlarini Qoraköl Story Engineering mas'uliyati çeklangan jamiyati öz mablağlari hisobiga amalga oşiradi.












