Turkiya armiyasi va xavfsizlik kuçlari sönggi töqqiz oy davomida 1068 terrorçini zararsizlantirdi. Terrorçilik faoliyatiga aloqador bölgan 368 şaxs uşlandi, yana 289 inson köngilli ravişda qurolni topşirgan. Bu haqda mamlakat boş vaziri Binali Yildirim Diyorbakir viloyatida ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, mamlakatda ötgan davrda 360 teraktning oldi olingan.
Yildirimning ta'kidlaşiça, terrorçilikka qarşi muvaffaqiyatli amaliyotlar tufaydi Kurdiston işçi partiyasi terrorçilari faolligi keskin pasaygan. Boş vazirning qayd etişiça, töqqiz oy davomida terrorçilikka qarşi amaliyotlar doirasida KIP terrorçilik taşkilotining 256 boşpanasi yöq qilindi.
Yildirim Anqara qöşni davlatlar hududidagi terrorçilar bilan kuraş böyiça qanday qadamlarni qöyayotganiga e'tibor qaratdi. «Turkiya – IŞID terrorçilari bilan amalda faol kuraş olib boruvçi davlatdir. Turkiya armiyasi «Firot qalqoni» amaliyoti doirasida Suriyada uç mingga yaqin terrorçini yöq qildi», - deya eslatdi boş vazir.












