Birlaşgan Arab Amirligi Ğarb mamlakatlariga Qatarning xatti-harakatlari ustidan nazorat örnatiş mexanizmini yaratişni taklif qildi. Bundan közlangan maqsad - mamlakatni terrorçilarni qöllab-quvvatlaşiga çek qöyiş. The Guardian BAA taşqi işlar vaziri Anvar Gargaşning sözlariga asoslanib, şu haqda xabar berdi. 

Naşr versiyasiga köra, Gargaş Qatar arab mamlakatlari tomonidan e'lon qilingan embargoni diplomatik qöllab-quvvatlaşni taşkillaştiriş uçun Londonga kelgan. 

BAA taşqi işlar vaziri Anvar Gargaş. Foto: AP

"Gap munosabatni özgartiriş haqida bormoqda", - deya izoh berdi vazir. "Agar biz Qatarning özgariş niyati borligi, u jangarilarni moliyalaştirişni töxtatişiga doir aniq strategik signallarni olsak, bu muhokama uçun asos böladi, biroq bizga monitoring tizimi kerak", - dedi Gargaş.

"Biz ularga işonmaymiz. Bizga monitoring tizimi va unda iştirok etiş uçun ğarbiy döstlarimiz kerak", - qöşimça qildi vazir. Uning sözlariga köra, monitoring Qatar ekstremistlarni moliyalaştirmayotgani, ularni Dohada yaşirmayotgani, "Musulmon birodarlar", "Xamas" va "Al-Qoida"ni qöllab-quvvatlamayotganini kafolatlaşi kerak.