GFR taşqi işlar vaziri Zigmar Gabriel Vaşington Moskva bilan munosabatlarini qaytadan yölga qöyiş imkonini topişiga umid bildirdi. U Welt am Sonntağga bergan intervyusida şu mavzuga töxtaldi. 

"AQŞning yangi ma'muriyati Rossiya bilan munosabatlarni yangidan boşlaş yölini topsa, yaxşi bölardi", - dedi Germaniya TIV rahbari. 

Gabrielning sözlariga köra, Suriya, Liviya, Ukraina va sayyoraning boşqa nuqtalaridagi mojarolarni ruslarning iştirokisiz uddalab bölmaydi. 

Şuningdek Germaniya vaziri Barak Obamaning Rossiyani kamsitişga urinişi katta xato bölganini ta'kidlagan. "Men, avvalgidek, Vaşington bu xatosini töğirlaşiga umid qilib qolaman", - dedi GFR taşqi siyosiy idorasi rahbari.

Şu bilan birga Gabriel hozir göyoki Vaşington va Moskva bir-biridan yuz ögirayotgandek tasavvur paydo bölayotganini qayd etdi.