Ramazon – payğambarlar orzu qilgan oy. Bu oy Qur'on öqiş, xayru saxovot ulaşiş va mehr körsatiş mavsumidir. Ayniqsa, bu oyda muborak bir keça bölib, u ming oydan yaxşiroqdir. Kim öşa keçani ibodat bilan ötkazsa, boşqa paytda ming oy ibodat qilgandan köp savobga erişadi. Bu haqda muslim.uz saytida Abduvohid Örozov tayyorlagan maqola e'lon qilindi. 

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ramazon oyi kelganida Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Alloh sizlarga bu oyda röza tutişni farz qildi. Bu oyda jannat eşiklari oçiladi, dözax eşiklari yopiladi va şaytonlar kişanlanadi. Unda ming oydan yaxşi bir keça bor. Kim undagi yaxşiliklardan mahrum bölsa, mahrum qilinadi”, dedilar (Imom Nasaiy).

Uboda ibn Somit (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Qadr keçasi Ramazonning oxirgi ön kunligidadir. Kim unda imon bilan Alloh roziligi uçun ibodat qilsa, albatta, Alloh avvalgiyu keyingi gunohlarini keçiradi. U toq keçada böladi. Töqqizinçi yoki yettinçi yoki beşinçi yoki uçinçi yoki oxirgi keça qadr keçasidir”, dedilar» (Imom Ahmad rivoyati).  

Köp ulamolar xulosasiga köra, Qadr keçasi yigirma yettinçi keçadir 

Sahoba Zirr (roziyallohu anhu) Ubay ibn Ka'b (roziyallohu anhu)ga: «Birodaringiz Abdulloh ibn Mas'ud: “Kim bir yil tunlari qoim bölsa, Qadr keçasini topadi”, deb aytganlar», deganida, Ubay ibn Ka'b: “Alloh Abu Abdurahmon (Ibn Mas'ud)ni mağfirat qilsin. Haqiqatda, u Qadr keçasi Ramazonning oxirgi ön kunligida ekanini bilar edi. Bu keça yigirma yettinçi keçadir, lekin odamlar şunga suyanib qolmasligi uçun aytmasdi, – dedi. Söng qat'iy qasam içib: – Yigirma yettinçi keçada, dedi. Şunda men: “Ey Abu Munzir, nima dalil bilan şunday deysan?” dedim. U zot: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bizga aytgan belgi bilan: u kun quyoş şu'lasiz çiqadi”, deb javob berdi (Imom Muslim va Terimiziy rivoyati).

Abdulloh Ibn Umar (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam)ning bir qança sahobalari “Laylatul qadr”ni Ramazonning oxirgi ön kunligining yettisida bölişini tuşlarida körişdi. Şunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Sizlarning tuşlaringiz “Laylatul qadr” Ramazonning oxirgi ön kunligining yettisida ekaniga muvofiq keladi. Kimki “Laylatul qadr”ni kutmoqçi bölsa, Ramazonning oxirgi ön kunligining yettisida kutsin!”, dedilar” (Imom Buxoriy rivoyati).

Sahoba Ubay ibn Ka'b (roziyallohu anhu) Qadr keçasini yigirma yettinçi keçada bölişini aytar va bunday der ekanlar: “U bizga Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) xabar bergan keça bölib, quyoş öşanda oppoq bölib, miltillab çiqadi” (Imom Muslim, Ahmad, Abu Dovud  rivoyati).

Faqihlar tomonidan Qadr keçasining qaçon bölişi haqida qirqdan ziyod fikrlar, taxminlar aytilgan. Aslida, Qadr keçasi qaçon bölişini Alloh taolodan özga heç kim bilmaydi. 

Qadr keçasining 7 ta alomati

1. Qadr keçasida sokinlik hukm suradi. Atrof musaffo, yoruğ, xuddi sukunatga öralgan yoğduli oy çaraqlab turgandek böladi.

2. Osmondagi yulduzlar uçmaydi, boşqa jismlar qaltis harakat qilmaydi. Kasalliklar paydo bölmaydi.

3. Havo mö'tadil böladi, juda issiq ham, juda sovuq ham bölmaydi.

4. Ertalab quyoş qizarib, toğaraga öxşaş, yoğdusi juda zaif bölib ufqdan boş kötaradi. Sababi öşa tun va kunda köp fariştalar yerga tuşib-çiqib turişi oqibatida quyoş nurlarini ham tösib qöyadi.

5. Qadr keçasida yomğir-qor yoğmaydi, yoğsa ham öta mayin va yoqimli böladi. Şör suvlar çuçuk böladi.

6. Daraxtlar öz şoxlarini yerga egiltirib turadi.

7. Öşa kuni şaytonlar çiqişiga yöl qöyilmaydi.

Mazkur alomatlarga quyidagi sahih hadislar dalil böladi. Abdulloh ibn Abbos (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Payğambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Qadr keçasini tavsiflab, bunday dedilar:

“Bu keça muruvvatli, (yaxşi, saxovatli), böşaşgan, (ozod, sokin), issiq ham emas, sovuq ham emasdir. Uning quyoşi öşa tongda qip-qizil zaif bölib çiqadi”(Imom Abu Dovud va Bazzor rivoyati).

Payğambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar:

“Albatta Qadr keçasining alomatlari şuki, u musaffo, yop-yoruğ, xuddi sukunatga öralgan yoğduli oy çaraqlab turgandek böladi. U keçada (öta) sovuq ham, (juda) issiq ham bölmaydi. Öşa keçada tonggaça yulduzlar otilişiga yöl qöyilmaydi. Yana uning alomatlaridan biri quyoş ertalab ön tört keçalik oyga öxşab, nursiz çaraqlamasdan çiqadi. Öşa kuni şaytonlar çiqişiga ham yöl qöyilmaydi”(Imom Ahmad rivoyati).

Ibn Abu Osim Nabil Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi. «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Men Qadr keçasini bildim. Söng u menga unuttirildi. U Ramazon oyining oxirgi ön kunidagi keçalardan biridadir. U keça oçiq yarqiragan bölib, issiq ham, sovuq ham emas, göyo oy borga öxşaydi. U keça tong otgunigaça şaytonlar çiqmaydi”, dedilar».

Qadr keçasining Ramazon oyida yaşirilişining hikmati ölim vaqtini va qiyomatni yaşiriş hikmati kabidir. Şuning uçun Qadr keçasi möminlar toat etişga rağbat va harakatni kuçaytirişi, ğofil va dangasa bölmasligi lozim. Abul Oliya (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Bir a'robiy kimsa Payğambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning huzurlariga kelib, “Laylatul qadr qaçon böladi?” deb söradi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) unga bunday dedilar: “Laylatul qadrni Ramazonning ilk va eng sönggi hamda toq keçalaridan izlanglar!”(Imom Abu Dovud). 

Parvardigori olam özi xohlagan bandasiga Qadr keçasini bildiradi. Qadr keçasini aniq bilib, tong otgunça ibodat qilib çiqiş afzaldir.

Imom Tabariy va Imom Bayhaqiy rivoyatlarida yana mazkur muborak keçada kasalliklar paydo bölmasligi, şör suvlar çuçuk bölişi, daraxtlar öz şoxlarini yerga egiltirib turişi kabilar ham zikr etiladi.

Barçamizni Qadr keçasini topişga muvaffaq aylasin.