«Milan»ning sobiq futbolçisi, 2009 yilda futbolçilik faoliyatini yakunlagan va bu yilda 49 yoşini nişonlaydigan Paolo Maldini ATP Milan Challenger turniriga tayyorgarlik körmoqda.
Juftlik bahslarida iştirok etuvçi Maldini murabbiyi Stefano Landonio bilan birga turnir uçun saralaş öyinida ğolib çiqib, wild card qölga kiritgan.
Milandagi turnir 26 iyun kuni boşlanadi – bu sobiq futbolçi 49 yoşga töladigan kundir.
«Biz yanada yaxşiroq öynaşimiz mumkinligini bilamiz. Bu bizning ilk turnir, ammo biz Paolo bilan xayriya maqsadlarida taşkillaştirilgan körgazma turnirlarda qatnaşganmiz. Ehtimol, Paolo futbolni tanlamaganida, yaxşi tennisçi bölardi. U juda keç, bundan 5 yil oldin şuğullanişni boşlagandi. Agar avvalroq tennisga qadam qöyganida, unda ayrim texnik muammolar bölmasdi. Uning futboldagi muvaffaqiyatlarini hisobga oladigan bölsak, u tennisda ham muvaffaqiyatlarga erişa olardi deb aytişim mumkin», — deya Landonioning sözlarini keltirgan Tennis Italiano.












