Fransiyada korrida vaqtida toreador Ivan Fandino halokatli jarohat oldi va hayotdan köz yumdi. Bu haqida NTN24 xabar berdi.
Voqea Landa departamentidagi Er-syur-l’Adur şahrida sodir böldi. Ivan egnidagi toreadorlarning maxsus kiyimiga öralib, yerga yiqildi - şu payt buqa uning öpka sohasiga şoxlari bilan zarba berdi.


Fandino Mon-de-Marsan şifoxonasida hayotdan köz yumdi. U 36 yoşda bölib, 1999 yildan beri korrida bilan şuğullanib kelgan.
Ötgan yili 29 yoşli toreador Viktor Tarrio ham Ispaniyaning şarqidagi Teruel şahrida ötkazilgan korridadagi iştiroki çoğida halok bölgandi. Buqa unga şoxini sançgan. Bu sönggi 30 yil içidagi matador halok bölgan birinçi holat bölgan.













