Fransiyada 577 ta saylov okrugidan 553 tasida mamlakat parlamenti quyi palatasi – Milliy yiğilişga saylovlarga yakun yasaldi. Okruglardan 293 tasida ğalabani Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning "Olğa, respublika" harakati vakillari qölga kiritişdi va şu tariqa quyi palatada mutlaq köpçilik örin olişdi. Bunga esa 289 mandat zarur edi.
Yana 40 ta mandat MoDem ("Demokratik harakat") partiyasi nomzodlariga nasib qildi.
"Respublikaçilar" partiyasi 110 ta mandat, Sotsialistik partiya 28 ta, "Demokratlar va mustaqillar ittifoqi" 17 ta, "Zabt etilmagan Fransiya" 16 ta, Fransiya kommunistik partiyasi 10 ta va Marin Le Penning "Milliy front"i 8 ta mandat olgan.












