Turkiyalik ilk harbiylar Dohaga qöşma maşqlarda iştirok etiş uçun yetib keldi. Bu haqda duşanba kuni Al Jazeera telekanali Qatar mudofaa vazirligiga asosan xabar bergan.
Ma'lumotlarga köra, yakşanba kuni harbiylar Tarik bin Ziyod bazasida ilk maşğulotlarni ötkazgan. Ta'kidlanişiça, maşqlar har ikki davlat mudofaa imkoniyatlarini mustahkamlaş, qurolli guruhlar bilan kuraş böyiça sa'y-harakatlarni faollaştiriş va mintaqada barqarorlikni uşlab turişga yönaltirilgan kelişuvning bir qismidir. Şu bilan birga, maşqlarda qanday qöşinlar qatnaşişi hamda harbiylarning aniq soni oşkor etilmadi.
Avvalroq Turkiya parlamenti Qatardagi bazada turk harbiylarini joylaştirişga imkon beruvçi qonunni tasdiqladi. Qatarda Turkiya harbiy bazasini taşkil etiş 2014 yildagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaş töğrisidagi kelişuvda nazarda tutilgan.












