Turkiyaning sayyohlik markazi deb e'tirof etiluvçi Antalyada maişiy çiqindilarda işlovçi issiqlik elektr stansiyasi (IES) qurildi.
Şahar meri Mandaras Turel IES iyulda sinov tartibida işga tuşirilişini ma'lum qildi.
Uning aytişiça, IES poydevorini qöyiş marosimi ötgan yil noyabrda ötgandi. Merning ta'kidlaşiça, tez orada Antalyada maişiy çiqindi "oltinga teng" böladi.
"Yangi elektr stansiya Turkiya va hattoki, Yevropadagi eng zamonaviylaridan biri hisoblanadi. IESning örnatilgan quvvati 25 megavattni taşkil qiladi, bu esa mintaqamiz uçun atrof-muhitni muhofaza qiliş nuqtai nazaridan muhimdir", deb aytdi Turel.












