Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi IIV YHX Boş boşqarmasi Toşkent şahrida joriy etilgan “Yöl harakatini boşqarişning kompyuterlaştirilgan tizimi” tomonidan qayd etilgan va sodir etilgan qoidabuzarliklar uçun qonunçilikda belgilangan muddatlarda jarimalarni tölaşdan böyin tovlayotgan korxona va taşkilotlar röyxatini taqdim etdi.
Röyxatda köproq xususiy tibbiy klinikalar nomi keltirilgan. Xöş, xususiy tibbiy klinikalar transport vositasi maxsus transportlar sirasiga kirmaydimi?
Kun.uz uşbu masalaga oydinlik kiritiş maqsadida IIV YHX Boş boşqarmasidagi manba bilan boğlandi.
Boşqarmadagi manbaning aytişiça, xususiy tibbiy klinikalar özlariga tegişli transport vositalarini çaqiriq vaqtida qoidabuzarlikka yöl qöyilganligi haqida ma'lumot taqdim etsalar, jarimaga tortiş töğrisidagi qaror bekor qilinadi.
Ma'lum qilinişiça, tez tibbiy yordam xizmatining transport vositalaridan foydalaniş uçun mas'ul xodimlari hozirda uşbu holat böyiça YHXga borib, tegişli çaqiriq davomida qoidabuzarlikka yöl qöyilgani haqida ma'lumotlarni taqdim etmoqda.
Aytilişiça, xususiy tibbiy klinikalar ma'muriyati bilan suhbat ötkazilgan. “Lekin, ular hali ma'lumot taqdim etmadilar”, - deydi YHX Boş boşqarmasidagi manba.
Bundan taşqari, ma'lum qilinişiça, kompyuterlaştirilgan tizim avtomatik bölib, u istalgan har qanday maşina qoidabuzarlikni amalga oşirganini qayd etib boraveradi. “Agarda, xususiy tibbiy klinikalar bizga kelib, qoidabuzarlikka yöl qöyilgan vaqtda çaqiriqqa ketayotganini isbotlab bersa, jarimaga tortiş töğrisidagi qaror bekor qilinadi. Sababi çaqiriq haqida baribir maxsus daftarlarga qayd kiritiladi. Şunday hujjatlarni olib kelib, isbotlab bersa, böldi”, - deydi manba.
Aytilişiça, bu borada tegişli hujjatlarni Mirobod tumanidagi Vodil köçasida joylaşgan 3-diagnostika tarmoği binosidagi ma'muriy-amaliyot bölimiga taqdim etiş lozim.
















