Qatar hukumati Dohadagi Yaman elçixonasi xodimlariga mamlakatdan çiqib ketiş uçun 48 soat muhlat berdi. Bu haqda yamanlik diplomatlarga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.

"Qatar hukumati missiyani 2 kun içida mamlakatni tark etiş haqida ogohlantirdi", degan agentlik suhbatdoşi.

Hozirça ikki tomon ham bu borada rasmiy ma'lumot bermagan.

5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, Misr, BAA va Bahrayn Qatarni terrorçilar bilan aloqadorlikda ayblab, bu mamlakat bilan diplomatik munosabatlarni töxtatgandi. Köp vaqt ötmasdan ular qatoriga Liviya, Mavritaniya, Maldiv, Mavrikiy hamda Yaman ham qöşilgandi.

Dohadagilar ayblovlarni rad etib, javob çoralari körilmasligini ma'lum qilişgan.