«Real» prezidenti Florentino Peres jamoa hujumçisi Kriştianu Ronaldu atrofidagi vaziyat haqida fikrlarini bildirib ötdi.

«Men hali Kriştianu bilan gaplaşmadim. Hozirça sizga heç narsa ayta olmayman. Oxirgi paytlarda men prezidentlik saylovi bilan band böldim va bu mavzuga vaqt ajrata olmadim.

Men barçasini gazetalarda öqidim. Hozirça menda bir qaror yöq. Kriştianuning klub bilan şartnomasi bor, u «Real» futbolçisi. Biz u bilan gaplaşamiz.

Hozir Kriştianu terma jamoasi bilan muhim turnirda iştirok etmoqda va men uni bezovta qilmoqçi emasman. Nima bölganini aniq bilmayman, ammo buning barçasi ğalati.

Kriştianu – yaxşi yigit va haqiqiy professional. Bu tarix esa juda ğalati. Men u bilan gaplaşaman, u hammasini tuşuntirib beradi.

Ha, barça soliqlarni tölaşi kerak. Ammo Kriştianuda soliqdan qoçiş fikri bölmagan, u heç qaçon pullarini yaşirmagan. Men matbuotdagi miş-mişlarni öqib, zada böldim», – degan Peres.

13 iyun kuni Ispaniya prokuraturasi Kriştianu Ronaldu 2011-14 yillar davomida jami 14,7 million yevro miqdoridagi soliqlarni yaşirgani uçun unga qarşi iş oçdi.

15 iyun kuni Portugaliyadagi naşr Ronaldu «Real»dan ketişni istayotgani, bunga u özini klub tomonidan qöllab-quvvatlanmayotgani haqida xabar tarqatdi. Köp ötmasdan futbolçi terma jamoadagi şeriklariga Madriddan ketişga qaror qilgani haqida ma'lum qildi.