«PSJ» «Real»dan Kriştianu Ronalduni sotib oliş uçun harakat qilmoqda. Bu haqda L'Equipe naşri xabar tarqatdi.

Bundan avvalroq «qaymoqranglilar» jamoasi himoyaçisi Pepe öz vatandoşi Ronalduni özi bilan birga Parijga yöl olişga çaqirgani haqida xabar berilgandi.

Portugaliyalik futbolçining «Real»dagi kelajagi ayni vaqtda aniq emas. U Ispaniya prokuraturasi tomonidan 2011 yildan 2014 yilgaça bölgan muddatda jami 14,7 million yevro miqdoridagi soliqni tölamaganlikda ayblanmoqda. Matbuotda Ronaldu bu mablağlarni özi tomonidan 2010 yilda taşkil etilgan firma orqali yaşirgani haqida yozildi. Ronaldu öz imij huquqi orqali topilgan pullarni davlatdan yaşirgan bölişi mumkin. U jami 4ta jinoyatni sodir etişda ayblanmoqda va unga 5 yillik qamoq jazosi tahdid qiladi.

Uşbu xabarlardan keyin Ronaldu «Real»ni tark etişga qaror qilgani haqida xabar paydo böldi.

Avvaliga unga asosiy da'vogar sifatida «Mançester Yunayted» jamoasi tilga olinayotgandi, ammo mançesterliklarning hozirgi murabbiyi Joze Mourino va futbolçi örtasidagi munosabatlar bu transfer ehtimolini yöqqa çiqardi.

«PSJ» esa bu vaqtda futbolçi transferi uçun 140 million yevro sarflaşga tayyorligini bildirgan. 

31 iyul kuni, Konfederatsiyalar kubogidan qaytgaç, Kriştianu Ronaldu sudga boradi.