Britaniyalik yozuvçi Joan Rouling yoş sehrgar haqidagi kitoblar turkumida boş qahramondan taşqari boşqa Harri Potter ham bölgani haqida sözlab berdi. Independent şu haqida xabar berdi. 

"Henri Potter (yoki yaqinlar uçun Harri) Hardvin va Iolantaning töğridan töğri avlodi bölgan, u 1913-1921 yillarda Vizengamot (syujyet böyiça Buyuk Britaniya sehrgarlari oliy sudi)da  xizmat qilgan", - deb yozadi Rouling. 

Yozuvçining sözlariga köra, bu personaj magllar (oddiy odamlar)ni faol himoya qilgan va buning uçun uning oilasini "Haqiqiy sehrgarlarning ma'lumotnoma kitobi"dan çiqarib taşlaşgan. Roulingning aytişiça, u Birinçi jahon uruşi davrida sehrgarlar odamlarga yordamga kelişi tarafdori bölgan. 

Noma'lum Harri Potterning Flimont ismli öğli bölgan, u turmuş örtoği Yufimiya bilan öğli Jyeyms Potter va Lili Evanslarning töylarini köradi, biroq adaş nevarasini köriş nasib etmaydi. Şu tariqa, yangi personaj kitobxonlarga allaqaçon taniş bölgan Harri Potterning evarasi böladi. Roulingning sözlariga köra, Flimont va Yufimiya "ajdarho suvçeçagi"dan halok bölişgan. 

Ajab emas, ikkinçi Harri Potter prikvelning çop etilgan kitoblari qahramoni bölib çiqsa. Bundan avval u Roulingning romanlarida tilga olinmagan.