Forbes jurnali an'anaviy ravişda yil oxiriga yaqin iqtisodiy körsatkiçlar böyiça reyting natijalarini, yetakçilik röyxatlarini e'lon qilişda davom etmoqda.

Forbes yozuvçilar daromadlarini 2017 yilning 1 iyunidan hisoblagan. 2018 yilning eng serdaromad kitob mualliflari röyxatida birinçilikni köpdan buyon boy bermay kelayotgan yozuvçi Joan Rouling örnini bu yil yozda taqdim qilingan «Prezident qidirilmoqda» (The President Is Missing) siyosiy trilleri muallifi Jyeyms Pattersonga böşatib berdi.

1993 yilda AQŞ adabiy maydoniga «Örgimçak ham keldi» (Along Came a Spider) kitobi bilan kirib kelgan Patterson bu yil 86 million dollar daromad topgan. Uning uşbu ilk maşhur asari detektiv Aleks Kross haqida bölib, turkum asarlarni amerikalik kitobxonlar 10 yildan buyon katta qiziqiş bilan mutolaa qilib kelişadi. Yozuvçi katta ehtimol bilan keyingi yilgi eng serdaromad mualliflar röyxatida ham peşqadamlik qilişi kutilmoqda. Patterson va Bill Klinton hamkorligida yozilgan «Prezident qidirilmoqda» siyosiy trilleri şu yilning iyun oyidan bugunga qadar 660 mingdan ortiq nusxada sotilgan.

Jyeyms Patterson. Foto: Flavorwire

Közoynakli sehrgar bolakay Garri Potter va sehrgarlik olami haqida maşhur kitoblar muallifi Joan Rouling esa bu yilgi röyxatda ikkinçi poğonaga tuşib qolgan. Rouling 2018 yilda 54 million dollar (ötgan yilgidan 41 million dollar kam) daromad qilgan. Rouling bu yil Potter haqida yangi kitob çiqarmadi, uning daromadi Brodvey va Vest-Endda sahnalaştirilgan «Garri Potter va la'natlangan bolalar» spektakli, kassabop «Fantastik maxluqlar» va «Fantastik maxluqlar: Grindevaldning jinoyati» filmlari prokati hisobidan topilgan.

Joan Rouling (markazda) «Fantastik maxluqlar» filmi aktyorlari bilan. Foto: n-tv.de

Yetakçilar uçligini dahşatlar qiroli Stiven King nisbatan kamtarona 27 million dollar bilan yakunlab bergan. King tomonidan masxaraboz Pennivayz haqida yozilgan «U» asari (It) 2017 yilda qayta kino qilib işlandi. Kinoning şov-şuvli muvaffaqiyati – «U»ning eng kassabop qörqinçli film bölişi kitobga bölgan talab va tabiiyki, muallifning daromadlarini ham keskin oşirib yubordi.