Qirğizistonda baloğatga yetmaganlarga energetik içimliklar sotiş taqiqlandi. Bu haqdagi qonun loyihasi Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev tomondan ma'qullandi.

Şifokorlar spirtli energetik va tetiklaştiruvçi içimliklar organizmga salbiy ta'sir körsatişini ançadan beri aytib kelişadi. Bunday içimliklar Yevropaning köplab davlatlarida taqiqlangan. Rossiyada ham bu masala kötarilmoqda.

Ma'qullangan qonunga muvofiq spirtli, tetiklaştiruvçi spirtsiz va spirti kuçsiz bölgan içimliklarni quyidagi hollarda sotiş taqiqlanadi:

- bolalar, ta'lim muassasalarida va ularga yondoş hududlarda hamda tibbiyot muassasalari hududlarida;

- şahar va şahar taşqarisida qatnovçi jamoat transportining barça turlarida; 

- madaniyat taşkilotlari (ularda joylaşgan umumiy ovqatlaniş joylaridan taşqari), soğlomlaştiriş va sport inşootlarida;

- 18 yoşga yetmaganlarga;

- ommaviy tadbirlarni ötkaziş joylarida, harbiy qismlar hududlarida (harbiy savdo obektlaridan taşqari), çodirlar, konteynerlar, qölda, avtomaşinalarda hamda bunday mahsulotlarni sotiş uçun jihozlanmagan joylarda.