Amerikalik afsonaviy basketbolçi Maykl Jordanning libosi kimoşdi savdosida rekord mablağ – 274 ming dollarga sotildi. Jordan aynan şu libosda 1984 yilgi Olimpiya öyinlarining Ispaniya termasiga qarşi keçgan final bahsida (96:65) harakatlangan, deb xabar bermoqda «R-Sport».

Jordan musobaqa yakuniga köra eng yaxşi öyinçi, deb topilgan. 21 yoşli basketbolçi 1984 yilgi Olimpiya öyinlari finalida 20 oçko yiqqan.
Öyin libosini sotiş böyiça avvalgi rekord 173 ming dollarni taşkil etgan bölib, u ham aynan Jordanga tegişli bölgan.











