Xitoyda ön yildan ziyod vaqtdan buyon jahon arxitekturasining eng maşhur yodgorliklaridan biri — Buyuk Xitoy devorini tiklaş ustida iş olib borilmoqda, deb yozadi Reuters.
«Biz original materiallar va ğişt teriş texnologiyasidan foydalanib, devorning asl holatini saqlab qolişimiz lozim, çunki bu bizga tarixiy va madaniy boylikni asraş imkonini beradi», — degan restavratsiyaning yetakçi muhandisi Çen Yonmato.

Işçi Buyuk Xitoy devori rekonstruksiyasi vaqtida dam olmoqda. © REUTERS, Damir Sagolj
Buyuk Xitoy devori — sayyoramizdagi eng yirik arxitektura yodgorligi hisoblanadi, uning qöşimça tirgaklari bilan umumiy uzunligi 20 ming kilometrni taşkil etadi, devorning ilk qismlari eramizdan avvalgi uçinçi asrda barpo etilgan.

Buyuk Xitoy devori rekonstruksiyasi. © REUTERS, Damir Sagolj
Özining uzoq tarixi mobaynida devor köp marta buzilgan va qarovsiz ahvolga kelib qolgan. Faqat 1984 yilga kelib Deng Siaoping taşabbusi bilan Buyuk Xitoy devorini restavratsiya qiliş dasturi boşlab berilgan.

Buyuk Xitoy devori. © REUTERS, Damir Sagolj
Bajarilgan işlarga qaramasdan, devorning turistik yönalişdan yiroqroqdagi qismlarida ahvol havas qilarli emas. Şunday uçastkalardan biri Tsziangkou deb ataladi. Bu 20 kilometrli aylanma devor mamlakat poytaxti Pekindan 70 km narida joylaşgan. Devorning bu qismi zig-zaglar va xavfli enişlari bilan maşhur.

Buyuk Xitoy devori rekonstruksiyaçsiga quriliş materiallari taniş. © REUTERS, Damir Sagolj
Bu uçastkada restavratsiya işlarini olib boriş uçun işçilar xaçirlardan foydalanişadi. Har bir jonivorga 130 kilogaça ğişt yuklaşadi va yuqoriga — devor asosiga toğ söqmoqlari böylab çiqişadi.




















