Energiya tejovchi oyna bu – oynani yaratishda vakuum kamerasida magnitron usulda kumush, titan, nikel xrom kabi metall oksidlarini 7 qavatdan 10 qavatgacha sepish orqali oynada maxsus qoplama yuzaga keladi. Bu qavatlar kalinligi shunday darajada yaratilganki, buning hisobiga oyna maksimal darajada nur o‘tkazish, shuningdek quyoshning infraqizil nurlarini hamda issikliqni to‘sish xususiyatiga ega bo‘ladi, oddiy oyna esa kvars qumi, soda, ohak va siniq oyna bo‘laklarini qo‘shish orqali tayyorlanadi, tarkibida hech qanday metall oksidlari bo‘lmagani hisobiga oyna energiya tejovchi xususiyatga ega emas.

Bugun biz taklif etayotgan oynalar o‘z vazifasiga ko‘ra yoz mavsumida xonani isib ketishidan, qishda sovib ketishidan saqlash hamda yilda 365 kun xonada qulay haroratni taminlab berishdan iborat bo‘lsa-da biz ushbu oynani energiya tejovchi deb nomladik.

Xo‘sh nega aynan bunday nom?

Bugun butun dunyoga o‘zining osmon o‘par binolari bilan nom tarqatgan Dubay shahri binolarining tashqi ko‘rinishini oyna tashkil etsa-da, iqlim qanchalik jazirama issiq bo‘lishiga qaramay ko‘p elektr energiyasini sarf etmay turib bino ichkarisida salqin havo haroratini taminlashga muvaffaq bo‘lmoqdalar. Buning asosiy sababi o‘rganilganida shu malum bo‘ldiki, Dubay shahridagi bino romlarining oynasi energiya tejovchi oyna bilan taminlangan ekan. Xo‘sh, biz xam energiya tejovchi oyna o‘rnatsak, yoz mavsumida qanday kilib energiyani tejashga erishamiz? Mutaxasislar izlanishlari natijasida shu malum bo‘ldiki, energiya tejovchi oyna qo‘yilgan xonaga nisbatan oddiy oyna qo‘yilgan xonani salqinlatishga 40 foiz ko‘proq elektr energiyasi sarf etilar ekan.

Yoz mavsumida energiya tejovchi oyna bilan konditsioner orqali ham elektr energiyasidan 2 barobar iqtisod qilsa bo‘ladi. Oddiy oyna o‘rnatilgan xonada konditsionerni yoqib xona harorati salqinlatiladi, biroq ushbu oynada quyoshning issiq nurlarini qaytarish va xonadagi salqinlikni saqlab qolish xususiyati bo‘lmagani hisobiga, quyoshning issik nurlari xonaga kirishi natijasida xona isiydi va xonada me'yordagi salqin haroratni saqlab qolish uchun to‘xtovsiz konditsionerdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Agarda energiya tejovchi oyna o‘rnatilgan bo‘lsa, bu oyna jazirama issiqda 58 foizgacha quyoshning issiq nurini qaytaradi, xonadagi salqin haroratni saqlab qoladi. Buning natijasida xonani salqinlatish uchun konditsioner yoqiladi, malum darajada xona salqinlatilganidan so‘ng konditsioner o‘chadi, xonadagi salqin harorat uzoq muddat saqlanib qolishi natijasida konditsioner qayta ishga tushishi uchun hech qanday imkon qoldirmaydi. Bu birinchi navbatda kam quvvatli va kichik hajmdagi konditsioner olishingiz imkonini beradi, buning natijasida kam quvvat sarf bo‘ladi. Bu orqali esa, energiyani tejashga erishasiz.