Özbekiston Respublikasi Markaziy banki Boşqaruvining pul-kredit siyosati çora-tadbirlarining iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta'minlaşdagi samaradorligi muhokamasiga bağişlangan yiğilişi yakuni böyiça joriy yilning 28 iyun kunidan qayta moliyalaş stavkasini yillik 14 foizgaça kötariş töğrisida qaror qabul qilindi.

Mazkur qarorning qabul qilinişi joriy yilning ötgan davrida inflyatsiya sur'atlarining tezlaşişi hamda inflyatsion xatarlarning ortişini çeklaş böyiça çoralarni kuçaytiriş zaruriyatining yuzaga kelganligi bilan izohlanadi.

Inflyatsiya darajasiga narxlarning mavsumiy özgarişi hamda taklif omillari bilan bir qatorda iqtisodiyotni kreditlaş hamda milliy valyuta devalvatsiyasining ötgan yilga nisbatan yuqoriroq sur'atlarda oşib borişi ham öz ta'sirini ötkazdi.

Yuzaga kelgan şaroitda amaldagi foiz stavkalari kredit resurslariga spekulyativ talabning oşişiga hamda inflyatsion spirallar paydo bölişi xavfining ortişiga olib kelmoqda. 

Uşbu holatda qayta moliyalaş stavkasini oşiriş töğrisidagi qaror Markaziy bank tomonidan inflyatsiya ösişining oldini oluvçi ta'sirçan çora sifatida quyidagi maqsadlarni közlaydi:

monetar omillarning narxlar darajasi ösişiga ta'sirini va inflyatsion xatarlarni çeklaş hamda inflyatsiyani maqsadli körsatkiçlar doirasida saqlab qoliş;

ijobiy real foiz stavkalarini ta'minlaş va iqtisodiyot real sektorini kreditlaşda muvozanatli şaroitlarni yaratiş;

valyuta kursi şakllanişining erkin bozor rejimiga ötiş uçun zaruriy şart-şaroitlarni yaratiş;

narxlar barqarorligi va past inflyatsion kutilmalarni ta'minlaş hamda örta va uzoq muddatli investitsion qöyilmalarni rağbatlantiriş orqali tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş uçun qulay iqtisodiy şaroitlarni şakllantiriş.

Markaziy bank kelgusida ham narxlar darajasining ösişiga yöl qöymaslik va iqtisodiyotda barqaror past inflyatsion kutilmalarni şakllantirişga qaratilgan maqsadli çora-tadbirlarni amalga oşirişni davom ettiradi.

Iste'mol bozorida narxlar barqarorligi va inflyatsion xatarlarning pasayişiga erişilişi bilan qayta moliyalaş stavkasi qayta körib çiqilib, pasaytirib boriladi.