Qatar öz atrofida yuzaga kelgan inqirozni hal qiliş böyiça unga arab davlatlari qöyayotgan talablarni noreal deb atadi va ularni qayta qörib çiqişga çaqirdi. Bu haqda Qatar taşqi işlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniyning bayonotiga iqtibos keltirgan holda "Al-Arabiya" telekanali xabar bermoqda.
Vazir, şuningdek, Qatarga qarşi kiritilgan sanksiyalarni "noqonuniy" va davlat suverenitetiga putur yetkazuvçi deb atagan.
Qatar taşqi işlar vazirligi talablar röyxatini örganib çiqib, inqirozni hal qilişda vositaçilik qilayotgan Kuvayt orqali tegişli javob berişini ma'lum qilgan.
Avvalroq Misr, BAA, Saudiya Arabistoni va Bahrayn Kuvayt orqali Qatar hukumatiga Dohaning diplomatik yakkalatilişini töxtatiş uçun zarur bölgan talablarni topşirişgan.
Tört arab davlati Qatardan Eron bilan diplomatik aloqalarni uzişni, öz hududidagi Turkiya harbiy bazasi va "Al-Jazira" telekanalini yopişni talab qilmoqda. Uşbu talablarning bajarilişi uçun Dohaga 10 kunlik muhlat berilgan.
Fors körfazi davlatlaridan Kuvayt va Ummon Qatarning diplomatik yakkalatilişiga qöşilmagan. Rasmiy Doha unga qöyilayotgan barça ayblovlarni inkor etmoqda.













