Andijon viloyati, Böz tumanida faoliyat yuritayotgan mini-zavod hamda dastgohlar işlab çiqaruvçi UZMOLREKI - BO’ZFARM korxonasida viloyat kasb-hunar kollejlari bitiruvçilari uçun tadbirkorlik saboqlarini özlaştiriş mahorat darsi taşkil qilindi.
Ma'lumki, Ibrohimjon Saidoxunov boşçiligidagi maskanda işlab çiqarilgan 240 ziyod mini-zavod va dastgohlar Özbekistonning turli göşalarida faoliyat olib bormoqda. Ularda qariyib 2 milliondan ortiq kişi iş bilan ta'minlangan.

Mamlakatda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanayotgani kasb-hunar kollejlari bitiruvçilari uçun qöşimça iş örinlari taşkil etişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Korxonada tayyorlanayotgan kimyo, oziq-ovqat, meva-sabzavot, farmatsevtik, kosmetik aşyolar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan mini-zavod va dastgohlar bitiruvçi talabalar hamda ularning ustozlarida katta taassurot qoldirdi.

- Tadbirkorlikka qiziqqan kollej bitiruvçisi tozalaş vositalari, popkorn, maktab öquv qurollari işlab çiqaruvçi mini-dastgohlarda işni boşlasa, nafaqat özi, balki tengqurlarini ham iş bilan ta'minlaydi, - deydi Böz xizmat körsatiş kasb-hunar kolleji öqituvçisi Bekzod Nazirov. – Bu yil kollejimizda: “Sut va sut mahsulotlarini qayta işlaş texnologi” mutaxassisligi böyiça yangi yönaliş oçildi. Korxona bilan öquvçilarni amaliyotini şu maskanda ötaş böyiça hamkorlikni yölga qöyadigan böldik.

Bitiruvçilar korxona rahbarlaridan Izzatillo Muhammadazizov tomonidan ötilgan körgazmali mahorat darslari davomida - ilk biznesni yölga qöyiş, tadbirkorlik faoliyatini boşlaşda qaysi jihatlarga e'tibor beriş kerakligi böyiça nazariy va amaliy saboq oldilar.

Buxoroning Olot tumani “Davr” jamiyati boşliği, tadbirkor - Abdulhay Tolibjonov korxonaga “Universal” mini-zavodi uçun buyurtma bergan ekan. Şu kuni tayyor bölgan uskunalarni olib ketiş uçun kelgan Abdulhay aka bitiruvçilar bilan öz iş tajribasidan örtoqlaşdi.
















