Kibermakonda gretsiyalik va turkiyalik xakerlar örtasida uruş boşlandi. Bu holat Gretsiya boş vaziri saytiga kiberhujum amalga oşirilganidan söng yuz bermoqda, deb xabar qildi Gretsiyaning Star telekanali.

Juma kuni Gretsiya boş vazirining sayti bir neça soat davomida işlamadi. Turkiyalik xakerlar guruhining ma'lum qilişiça, ular saytni Gretsiyada Istanbuldagi Ayasofiya ibodatxonasida Qur'oni Karim öqilgandan söng norozilik yuz bergaç, buzib kirişgan. "Ayasofiya bizniki!", - deya ma'lum qilişdi ular. Boş vazir matbuot xizmati saytda muammolar yuzaga kelganini tan oldi, biroq xakerlar haqida heç narsa demadi, deya ta'kidlaydi telekanal.

Turkiyalik xakerlar hujumidan bir neça soat ötib Anonymous’ning Gretsiya guruhi Facebook’dagi sahifasida bayonot bilan çiqdi, ular röy bergan holatga javob berişlarini aytişgan.

"Sizlar bizning bitta sahifamizni buzdingiz, biz esa sizlarning yuzlab saytlaringizni yakson qilamiz", - deya ma'lum qilişgan Anonymous Greece. Ular Turkiyaning www.yirmidort.tv telekanali saytini buzib kirişib, bu faqat boşlanişi ekanini qayd etişdi.

"Bu boşlanişi xolos. Turkiyaga xuş kelibsiz! Ayasofiya greklarga tegişli. Sizlar heç narsa qila olmaysizlar. Greklar sizlardan kuçliroq", - deya yozişgan gretsiyalik xakerlar. Şundan söng ular turk saytlariga ommaviy kiberhujumlar haqida ma'lum qilişdi, deb xabar beradi telekanal.