
23 iyun kuni yaqin ötmişning afsonaviy futbolçisi, ayni paytda Madridning «Real» klubi ustozi Zinedin Zidan 45 yoşga töldi.

Fransiya terma jamoasida töp surgan, kelib çiqişi jazoirlik bölgan bu afsonaviy futbolçi öz karerasi davomida qölga kiritmagan sovrini deyarli qolmagan.


U Fransiyada bölib ötgan 1998 yilgi futbol böyiça jahon çempionati çempioni hisoblanadi. Öşa yili Zizu jahonning eng yaxşi futbolçisi sifatida Frans futbol jurnali tomonidan ta'sis etilgan «Oltin töp»ni qölga kiritadi. 2004 yilda esa u UYeFA tomonidan Yevropadagi sönggi 50 yilning eng yaxşi futbolçisi, deya tan olinadi.

«Real» boş murabbiyi sifatida u bor-yöği bir yarim yil işlaganiga qaramasdan u tarixiy natijani qölga kiritib böldi: «qaymoqranglilar»ni u ketma-ket ikki marta Çempionlar ligasi sovrini sari muvaffaqiyatli boşlay oldi. Uning qöl ostida «Qirollik klubi» eng yangi tarixda bu natijani qölga kiritgan ilk klub sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi.



















