Tennessi ştati (AQŞ) tabiiy resurslar va yovvoyi tabiatni muhofaza qiliş agentligi xodimlari ikkita oq dumli buğuning orqa oyoqlarida turib urişgani tasvirlangan videoni taqdim etişdi. Yozuv agentlikning Facebook’dagi sahifasida e'lon qilindi.

Hayvonlar dueli örmonda örnatilgan kameralardan birining obektiviga tuşib qoldi. Agentlik xodimlarining taxminiça, buğular ovqat sabab urişişgan.

Oq dumli (virginiyalik) buğu – Şimoliy Amerikada eng keng tarqalgan buğulardan biri bölib, bu sutemizuvçilar Kanada janubidan to Peru va Braziliya şimoliga qadar bölgan hududlarda yaşaydi.