DW xabariga köra, AQŞ Oliy sudi 1-oktabrga ötar keçasi prokuraturaning şoşilinç iltimosnomasini qanoatlantirib, hukmni ijro etişga yöl oçgan.

Paykni ölimga olib keluvçi inyeksiya orqali qatl etiş 30-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 ga belgilangan edi. Biroq AQŞ federal apellyatsiya sudi barça dalillarni körib çiqiş uçun hukm ijrosini qisqa muddatga töxtatgan.

Oliy sud uşbu qarorni bekor qilganidan keyin Paykning advokatlaridan biri AFP agentligiga qatl «yaqin vaqt içida» amalga oşirilişini bildirgan.

1995-yilda 18 yoşli Krista Payk va uning şerigi Tadaril Şipp Payk bilan birga öqigan 19 yoşli Kollin Slemmerni öldirgan. Bir yil ötib, Payk qasddan odam öldirişda aybdor deb topilib, ölim jazosiga hukm qilingan.

Jinoyat sodir etilgan paytda 17 yoşda bölgan Şipp esa muddatidan ilgari şartli ozodlikka çiqiş imkoniyati bilan umrbod qamoq jazosini olgan.

Naşrga köra, Payk AQŞning zamonaviy tarixida ölim jazosiga hukm qilingan eng yoş ayol bölgan.

Uning advokatlari jinoyat sodir etilgan vaqtdagi yoşi va ruhiy holatini inobatga olib, afv etişni söragan. Himoya tomonining aytişiça, Payk yillar davomida onasining turmuş örtoqlari tomonidan jinsiy zöravonlikka uçragan, ruhiy muammolar va bipolyar buzilişdan aziyat çekkan.

Advokatlar Paykni qatl qiliş uçun tibbiy kuşetkaga boğlaş şaroitlari Konstitutsiyadagi «şafqatsiz va ğayrioddiy jazo» taqiqiga zid ekanini ham taʼkidlagan.

Amnesty International va Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi - ACLU kabi huquq himoyasi taşkilotlari Tennessi gubernatori Bill Lini ölim hukmini boşqa jazoga almaştirişga çaqirgan. Biroq gubernator 28-sentabr kuni afv sörovini rad etgan.

Maqolada keltirilgan Ölim jazosi böyiça axborot markazi maʼlumotlariga köra, AQŞda 1976-yildan buyon 18 nafar ayol va 1 663 nafar erkak qatl etilgan. Ayolga nisbatan oxirgi qatl 2023-yil boşida amalga oşirilgan.