AQŞ prezidenti Donald Tramp Hamburgdagi “Katta yigirmatalik” sammitida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan keng kölamli uçraşuv ötkazmoqçi. Bu haqda Associated Press nomi oşkor etilmagan amerikalik amaldorlarga asosan xabar berdi.
Manbalar ma'lumotiga köra, Tramp barça diplomatik rasmiyatçiliklarga rioya etilgan uçraşuvni istamoqda. Xususan, u köproq OAV xodimlari qatnaşişi va bunday muzokaralarga xos bölgan barça kerakli bayonnomalarni tayyorlaşga çaqirmoqda.
Biroq, agentlikning ta'kidlaşiça, Oq uy ma'muriyatida Trampning Putin bilan uçraşişi borasida çuqur ajraliş bor. Masalan, köpçilik amaldorlarning fikriça, Vaşingtonga masofani saqlaş va Moskva bilan ehtiyotkorlik bilan aloqada böliş kerak.
Eslatib ötamiz, Hamburgda “Katta yigirmatalik” davlatlari guruhi sammiti 7-8 iyul kunlari bölib ötadi.












