«O‘zbekneftegaz» Kaspiy dengizining Turkmaniston qirg‘og‘ida loyihalar amalga oshirishi mumkin
“O‘zbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi Kaspiy dengizi shelflarida Ozarboyjon va Turkmanistondan bo‘lgan sheriklar bilan qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Trend’ga xolding vakili dushanba kuni xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi doirasida iqtisodiy va energetik sohalardagi hamkorlikka oid qator hujjatlar imzolangandi. Ular orasida “O‘zbekneftegaz” va “Turkmannabit” davlat konserni o‘rtasida kelishuv bor. Hamkorlik, xususan, Kaspiy shelfidagi konlarni birgalikda o‘zlashtirish imkoniyatini nazarda tutadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar kelajakda uglevorodlar qazib olish bo‘yicha mahsulotni bo‘lish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolash niyatida.
“Rejalashtirilayotgan hamkorlik ikki davlat neftni qayta ishlash zavodlarining ishlab chiqarish imkoniyatini yanada oshirish imkonini beradi”, - degan xolding vakili.
Ozarboyjonning SOCAR davlat kompaniyasi bilan memorandum esa, “O‘zbekneftegaz” MXK boshqaruv raisi Alisher Sultonovning xalqaro press-klub ishi davomidagi so‘zlariga ko‘ra, bizni bor bo‘lgan konga sherik sifatida qabul qilishni ko‘zda tutadi.
“Ozarboyjon tomoni bizga xodimlarni tayyorlash, shelfda ishlashga texnologik va ruhan tayyorlanishda ko‘mak beradi”, - degan Sultonov.
“O‘zbekneftegaz”dan xabar qilishlaricha, SOCAR bilan qo‘shma ishlarga oid bandlar keyinchalik aniqlanadi.
“O‘zbekneftegaz” 1992 yilda tashkil topganidan beri O‘zbekiston hududidan tashqarida loyihalarni amalga oshirmagan.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
16:54 / 20.01.2025
O‘zbekiston telekanallari Turkmanistonda namoyish etiladi
15:32 / 16.01.2025
Ashxobod bo‘lajak O‘zbekiston-Turkmaniston tadbirlariga tayyorgarlik muhokama qilindi
16:49 / 13.01.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov ilk bor «Millat otasi» deb nomlandi
17:06 / 28.12.2024