AQŞning Kentukki ştatidagi Rebbit-Heş şahri rahbari etib yana it saylandi. Şahar meri etib saylangan Brinnet Paultro laqabli, uç yoşli pitbul zotli it saylovda tovuq, muşuk, eşak va saylovda qatnaşgan boşqa nomzodlar ustidan ğalaba qozongan, deb xabar beradi WDRB-TV.
It 2010 yilgi aholini röyxatga oliş sanoğiga köra 315 kişi yaşovçi şaharçada törtinçi marta formal jihatdan rahbarlik qiladi. 1998 yilda Gufi Bornmen laqabli zotsiz it merlikka saylangandi. U 2001 yilda ölgan. Söngra uning örnini Junior Kokran laqabli labrador zotli it egallagan. Uçinçi mer Lyusi Lu laqabli border-kolli zotli urğoçi it bölgan. Lyusi Lu yetti yil mobaynida şahar meri hisoblangan.
Rebbit-Heşning meri real hokimiyatga ega bölmaydi va jamoatçilik hayotiga ta'sir ötkaza olmaydi. Saylovni şaharçani obodonlaştiriş uçun mablağ yiğiş maqsadida taşkillaştiriladi. Saylovda qatnaşiş uçun 1 dollar tölaş, boz ustiga har safar pul tölab bir neça marta ovoz beriş mumkin. Bu yil saylovdan yiğilgan pullar yonğindan talofat körgan mahalliy dökon ta'miriga yönaltiriladi.












