26 iyunda Möğulistonda ötgan prezidentlik saylovlarida ğolib aniqlanmadi, çunki nomzodlardan birortasi zarur bölgan köpçilik ovoz töplay olmadi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Şu tufayli saylovlarning 2-bosqiçi bölib ötadi, unda 1-bosqiçda eng köp ovoz töplagan ikki nomzod iştirok etadi. 1-bosqiçda eng köp ovozga mamlakatning sobiq transport vaziri, Demokratik partiya nomzodi Xaltmaagiyn Battulga ega böldi.

Biroq mamlakat markaziy saylov komissiyasi Battulganing 2-bosqiçdagi raqibi kim bölişini hali aytmadi, çunki byulletenlar hisob-kitob qilinişda davom etmoqda. U Möğuliston xalq partiyasi nomzodi Miyeegombin Enxbold yoki Möğuliston Xalq-inqilob partiyasi vakili Saynxuugiyn Ganbaatar bölişi mumkin.