«Lill» klubi sport direktori, avval Madridning «Real» klubida transfer masalalari böyiça maslahatçi sifatida işlagan Luis Kampos Kriştianu Ronaldu bilan boğliq vaziyat xususida fikrlarini bildirib ötdi.
Portugaliyalik 32 yoşli futbolçi şu oy davomida soliqçilar va prokuratura ayblovlari tufayli Ispaniyani butunlay tark etişi haqida xabarlar tarqaldi. Futbolçi «Real» özini yetarliça qöllamayotgani tufayli şunday qarorga kelgani aytildi.
«U menga aytdiki, unga yaxşilab öylab oliş uçun bir neça kun kerak. Bu normal holat. «Real» bilan boğliq vaziyat ançayin tang, ammo bu vaziyat çegaradan çiqqan degani emas. Öylaymanki, Kriştianuda yakuniy qarorini qabul qiliş uçun yetarliça vaqt bor. U töğri qaror qabul qilsa kerak.
U bilan şu haftada gaplaşdim. Ha, u ança xafa bölgan. Vaziyat uni izdan çiqargan. Kriştianu – futboldan boşqa narsalarga çalğişni istamaydigan va faqat futbol haqida öylaşni istaydigan futbolçidir.
Umuman olganda, Ronaldu öziga bildirilayotgan ayblovlardan hayron. Unga özi haqidagi bunday xabarlarni öqiş juda yoqimsiz. U xotirjamlikni istaydi, hozir esa u qiyin davrni boşdan keçirmoqda» – deya davom etgan Luis Kampos.
«Men qanday pozitsiyadanmi? Menimça, dunyoning eng kuçli futbolçisi dunyoning eng yaxşi klubida töp suradi. Men şunday fikrda qat'iyman. Menimça, «Real»dagilar Ronaldu qançalar muhimligini yaxşi bilişadi. Buni futbolçining özi ham buni yaxşi tuşunadi», – deya «Lill» sport direktori sözlarini keltirgan ESPN.












