Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jörayev viloyat yoşlari bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi saytida xabar berilgan.

Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan keng kölamli çora-tadbirlar ijrosini ta'minlaş hamda joylarda amalga oşirilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini yoşlarga tölaqonli tuşuntiriş, yoş avlodni uşbu jarayonlarga keng jalb etiş va ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş maqsadida ötkazib kelinayotgan “Hokim va yoşlar” uçraşuvi viloyatimizda ham yuqori saviyada taşkil etilmoqda. Darhaqiqat, bugun viloyatimizda yoşlarning za­monaviy bilim va kasb-hunarlarni pux­ta egallaşi uçun 8 ta oliy ta'lim muas­­sa­sasi, 161 ta kasb-hunar ta'limi mas­ka­ni, akademik litsey hamda 1200 dan ortiq umu­miy örta ta'lim maktablari mav­jud. Maz­kur ilm dargohlari zarur öquv anjom­lari bi­lan jihozlangan bölib, malakali, oliy toifali öqituvçi hamda murab­biy­lar öquv­­çi va talabalarga ta'lim berib kel­moqda. Samarqand şahridagi muhtaşam "Yoş­lar markazi", bir neçta  sport majmualari, tu­man va şaharlardagi yopiq hamda oçiq su­­ziş havzalari, turli tögaraklar öğil-qizlarning heç kimdan kam bölmasdan voya­ga yetişlari uçun yaratilayotgan imkoniyat­lar samarasidir. Bugungi kunda yoşlarni ezgu maqsad va ğoya­lar atrofida birlaştiriş, ularning taşabbus va intilişlarini röyobga çi­qariş, tengdoşlari bilan soğlom raqo­bat muhiti asosida ilmiy va texnikaviy kaşfiyotlarni amalga oşirişda "Kamo­lot" Yoşlar ijtimoiy harakati asosiy örin egallamoqda. Harakatning viloyat­da­gi  1693 dan ortiq boşlanğiç taşkiloti to­monidan qariyb 325  mingdan ziyod  şi­joat­li yoşlarning qamrab olingani bu bo­­radagi maqsadlar istiqbolida muhim omil bölayotir.

“Hokim va yoşlar” uçraşuvlari doirasida dastlab barça tuman va şaharlarda “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati Kengaşlarining ta'mirlangan binolari  tantanali ravişda topşirildi. Paxtaçi, Narpay, Urgut, Samarqand tumanlarida ötkazilgan şunday tadbirlarda  viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Turobjon Jörayev iştirok etib, mamlakatimizning Birinçi Prezidenti Islom Karimov rahnamoli­gi­da yoşlar siyosatiga qaratilgan e'tibor, şu bilan birga bu boradagi islohotlar uzviy davom ettirilayotgani, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan bar­ça islohotlar aholi, ayniqsa, yoşlar ke­­lajagi uçun ekanligini hamda mazkur uçraşuv yoşlarning siyosiy, ij­timoiy-iqtisodiy islohotlar jarayoni­ga keng jalb etiş, bunday tizimli işlar sa­maradorligidan doimiy xabardor­li­gi­ni oşirişga xizmat qilayotganini alohida ta'kid­lab ötdi. Narpay tumanidagi yoşlar istiohat boğida viloyat hokimi bilan taşkil qilingan oçiq muloqot tar­zidagi  uçraşuvda yoşlar tadbirkor­ligini qöllab-quvvatlaş, soliq imtiyoz­la­ridan foydalaniş, şuningdek yoşlarni turli illatlardan himoya qiliş, ular qalbida vatanparvarlik, fidoyilik kabi fazilatlarni şakllantiriş borasidagi tadbirlar ta'sirçanligini yanada oşiriş kabi masalalar il­gari surildi.