AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ senati körib çiqişi uçun Federal qidiruvlar byurosi direktori lavozimiga Kristofer Rey nomzodini kiritdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Tramp Reyning bu lavozimga ilgari surilişini 7 iyunda ma'lum qilgandi. Tramp uni "benuqson malakali mutaxassis" deb atagan. 

Kristofer Rey King & Spadling firmasi yuristi bölib, alohida masalalar va hukumat tergovlariga ixtisoslaşgan guruhga raislik qiladi. 2003 yildan 2005 yilgaça AQŞ adliya vazirligida boş prokurorning jinoiy işlar böyiça yordamçisi lavozimini egallagan.

Eslatib ötamiz, Tramp 9 may kuni FQBning sobiq direktori Jyeyms Komini u "byuroni samarali boşqara olişga qodirmasligi" vaji bilan böşatib yuborgan. AQŞ Demokratik partiyasida esa Komi Trampning Rossiya bilan boğliqligi tergov qilingani sababli böşatilgani aytib kelinadi.