«Real» prezidenti Florentino Peres «Monako» hujumçisi Kilian Mbappening oila a'zolari bilan uçraşgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirib ötdi. «Qirollik klubi» rahbari bu masalada ehtiyot böliş kerakligini ta'kidlagan.

Uning fikriça, hozirda bu yoş futbolçiga Madrid jamoasida böş joy yöq.

«Pogba bilan sodir bölgan voqeani unutmaslik kerak. Öşanda ham bizga futbolçini sotib oliş kerakligi haqida gapirişgandi. Mbappe – ajoyib va yoş futbolçi. Menga kuçli futbolçilar yoqadi, ammo jamoa 24 futbolçidan taşkil topadi, maydonga esa 11 nafar futbolçi tuşadi. Köpgina kuçli öyinçilarga «Real»da joy topilmasligi mumkin. Hozirda eng kuçli tarkibga egamiz va biz buni isbotladik. 

Bir neça yillardan beri Mbappeni kuzatib kelmoqdamiz. Ammo 18 yoşda hamma ham «Real»da öynab keta olmaydi. Agar Mbappeni xarid qilsak, «Real»ni kim tark etadi? Biroz sabr kerak», — deya Peresning sözlarini keltirgan esRadio.

Bundan avvalroq, Peres Mbappening oilasi bilan uçraşgani xabar qilingandi. 2016/17 yilgi mavsumda uşbu yoş futbolçi monegaskliklar jamoasi safida barça turnirlar doirasida 44 uçraşuvda maydonga tuşgan va 26 gol urgan.