Lionel Messi Diyego Maradonani özining nikoh töyiga taklif etmagan. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.

Bundan avvalroq Messi «Barselona»ning sobiq boş murabbiyi Luis Enrike hamda klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeuni ham töyiga aytmagani haqida xabar berilgandi.

Maradona va Messi «albiseleste»da 2008 yildan 2010 yilgaça hamkorlik qilgan, bu yillarda Maradona terma jamoani boşqargandi. Messi Argentina futbolida Maradonaning izdoşi sifatida qaraladi.

Messining nikoh töyi marosimi 30 iyun kuni Argentinaning Rosario şahrida bölib ötişi belgilangan. Futbolçi özining ikki farzandi onasi Antonella Rokkutstsoga uylanadi.